O'zbekcha

Сайт официального дистрибьютора группы ГАЗ — Коммерческие автомобили в Узбекистане ООО "Bekole Biznes"

Телефон клиентской службы

(+998 90) 321-20-20

Biz haqimizda

MChJ “BEKOLE-BIZNES” – ommabop iste’mol mollarining ulgurji savdosi bilan shug’ullanuvchi kompaniyadir. 2011 yil iyun oyidan boshlab biz MChJ “GAZ Avtomobillari Guruhi” ning O’zbekistondagi yagona distributori hisoblanamiz. Hozirgi paytda bizning kompaniyamiz O’zbekiston Respublikasi hududiga “GAZ” markasining avtomobillarining barcha modellarini olib kelish va ularning sotuvi bilan shug’ullanmoqda.
Sotuvdagi avtomobillar spektri o’z ichiga “Gazel”, “Gazel Biznes”, “Gazel Turbo”, “Sobol”, “Sobol Biznes”, “Valday”, “Gaz 33-08, 09”, “Gaz”ning tez yordam, o’t o’chiruv xizmati, yuk tashuvchi va hokazo maxsus transport modellarini o’z ichiga oladi.

Bizning manzillar:

Bizning bosh ofisimiz quyidagi manzilda joylashgan:
Toshkent shahar, Usmon Nosir ko’chasi, 58 uy. Mo’ljal: “Askiya” bozori, “Ipoteka Bank” Yakkasaroy filiali.
“Gaz” ning rasmiy avtosalonlari va servis markazlarini Toshkent shahrida quyidagi manzillar orqali topishingiz mumkin:

  • Тoshkent shahar, Bektemir tumani, TKAD ko’chasi. Mo’ljal: “Yangiobod”
  • Тoshkent shahar, Sirg’ali tumani, Novasergeliyskiy ko’chasi, 1 uy. Mo’ljal: Sergeli avtobozoriga yetmasdan AYoQSH ro’parasida

Nega aynan MChJ «BEKOLE-BIZNES»?

Biz Gaz guruhining O’zbekiston Respublikasi hududidagi yagona distributor hisoblanamiz. Ya’ni:

  • O’zbekiston hududida faqatgina MChJ “BEKOLE-BIZNES” Gaz guruhi avtomobillarini rasmiy olib kirish huquqiga ega. Bu faqat bizning kompaniyamiz roziligi orqali amalga oshirilishi mumkin
  • Biz avtomobillarni ishlab chiqaruvchi zavoddan to’g’ridan to’g’ri yetkazib beramiz
  • Bizning kompaniyamiz nafaqat avtomobillar sotuvini amalga oshiradi, shu bilan birga kafolat xizmatlari, chetdan olib kirish va avtomobillarni xaridorga rasmiylashtirishni ham ta’minlaydi
  • Bizda hammabop lizing orqali sotib olish imkoniyatlari bor
  • O’zbekiston hududida barcha Gaz guruhi avtomobillarini realizasiyasi bilan shug’ullanuvchi kompaniyalar MChJ «BEKOLE-BIZNES» agentlari hisoblanadilar