Avtolizing

GAZ Finance
«Gaz Leasing» MCHJ — yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlarga
Gaz rusumidagi barcha avtomobil modellarini
xarid qilish uchun lizing xizmatlarini taklif etadi.

GAZ moliyaviy
vositalarining afzalliklari

Keng ko‘lamdagi
tariflar
Moliyalashtirishning yashirin
komissiya to‘lovlari
bo‘lmagan shaffof shartlari
Ishonchli nufuzga ega
moliyaviy sheriklar
Qiziqarli aksiyalar
va maxsus takliflar
Tezkor qarorlar
va sodda rasmiylashtirish jarayoni
Moliyalashtirishning individual
shartlari
Dastlabki minimal
badal
Kredit va ortiqcha
to‘lovsiz lizing

Xizmatlarimizni tanlash orqali, siz quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lasiz:

  • Kafolatli xizmat ko‘rsatish;
  • Ishlab chiqaruvchi tomonidan beriladigan Chegirmalar va Aksiyalar;
  • GAZ bazasida ixtisoslashtirilgan texnikaga buyurtma berish imkoniyati;
  • Eng foydali shartlardagi lizing;
  • Pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘lov (so‘m).

Asosiy shartlari:

  • Lizing muddati — 3 yil;
  • Boshlang‘ich to‘lov avtomobil narxining 30% idan 40% igacha miqdorda;
  • Jami foiz stavkasi — lizing miqdoridan 22% dan 24% gacha;
  • Lizingni tashkil etish uchun marja — moliyalashtirish miqdoridan 3%;
  • To‘lov tartibi — to‘lovlar jadvaliga muvofiq har oyda.
  • Xizmatlarga ega bo‘lish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish.

«Gaz Leasing» MCHJ taqdim etadigan lizing afzalliklari:

  • Avtomobillarga beriladigan zavod kafolati;
  • Mol-mulk solig‘idan ozod etish;
  • Daromad solig‘i bo‘yicha soliqqa tortiladigan bazani kamaytirish;
  • Qo‘shimcha garov ta’minotining yo‘qligi.

Lizing loyihasini ko‘rib chiqish uchun hujjatlar ro‘yxati:

  1. Ta’sis hujjatlari (nizom, ta’sis shartnomasi, ro‘yxatdan o‘tish haqidagi guvohnoma, nizomga o‘zgartirish kiritilganda-nizomga kiritilgan o‘zgartirishlar bo‘yicha hokimiyat qarori.
  2. Litsenziyalash talab etiladigan faoliyatni olib borishda olinadigan ruxsatnoma va litsenziyalar.
  3. Direktorni tayinlash to‘g‘risidagi ta’sischilar qarori (pasport nusxasi).
  4. Buxgalterni tayinlash bo‘yicha qaror (pasport nusxasi).
  5. Boshqaruvchilar imzosi namunalari bilan bank tomonidan tasdiqlangan nusxa.
  6. Oxirgi yil uchun buxgalteriya balansi va soliq inspeksiyasi tomonidan tekshirilgan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotlar.

Lizing shartnomasini rasmiylashtirish tartibi:

  1. Avtomobil rusumini tanlash va lizingga ariza berish.
  2. Zaruriy hujjatlarni taqdim etish.
  3. Lizing to‘lovlari jadvalini hisobga olgan holda, shartnoma tuzish.
  4. Narx, lizing marjasi va rasmiylashtirish bo‘yicha xarajatlar hisobidan 30% dan 40% gacha to‘lov (3% yo‘l fondiga to‘lov, avtomobilni YHXTdan ro‘yxatdan o‘tkazish, sug‘urta.
  5. Avtomobilni olish.
  6. To‘lovlar jadvaliga muvofiq har oylik lizing to‘lovlarini to‘lash.

Biz bilan bog‘laning